SHASHLEEK — milliy oshxonaga zamonaviy yondashuv
2018-yil 12-iyulda Toshkentda tashkil etilgan SHASHLEEK o‘z faoliyatini atigi bitta oshxona va to‘rtta stol bilan boshlagan. Bugun esa bu — poytaxtning eng yaxshi nuqtalarida filiallari bor, Moskvada xalqaro vakolatxonasi faoliyat yuritayotgan va yaqin orada Dubayda ham eshiklarini ochishga tayyor bo‘lgan jadal rivojlanayotgan tarmoqdir.
Biz shashlikni kundalik shahar hayotining ajralmas qismiga aylantirib, uni iste’mol qilish madaniyatiga yangicha yondashuv olib kirdik.
ShashLeek o‘zbek milliylik va an’analariga sodiq qolgan holda, ularni sifat, xizmat va taqdimotning yuqori mezonlari orqali qayta talqin qiladi.
Uch yil ketma-ket SHASHLEEK MD Choice Award versiyasi bo‘yicha “Eng yaxshi milliy oshxona muassasasi” deb e’tirof etilgan.
Bugungi kunda ShashLeek quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
– Toshkentdagi 3 ta filial: Eco Park, Magic City, Amirsoy
– Xalqaro ishtirok: Moskva, yaqin orada — Dubay
– Yetkazib berish, catering, yarim tayyor mahsulotlar, B2B va B2G ta’minoti
– O‘zining go‘sht ishlab chiqarish tizimi
– 335 nafar xodim va markazlashtirilgan boshqaruv tizimi
SHASHLEEK’ning mafkurasi — milliy gastronomik madaniyatni saqlash va rivojlantirishga hissa qo‘shish, o‘zbek taomlari, madaniyati va milliylikni xalqaro maydonga olib chiqishdir.
Biz milliy mahsulot zamonaviy, tanilgan va dunyoning istalgan nuqtasida talabgir bo‘lishiga ishonamiz.